CHEII “BEKTEMIR-SPIRT EKSPERIMENTAL ZAVODI” АJ Kuzatuv kengashining 2021 yil 7 iyundagi qaroriga asosan aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishi 2021 yil 30 iyun kuni soat 16-00 da o‘tkazilishi haqida ma’lum qiladi.
KUN TARTIBI:
- Jamiyat Kuzatuv kengashining 2020 yilda amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
- Jamiyatning 2020 yil yakunlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat Taftish komissiyasining xulosasini eshitish.
- Jamiyatning 2020 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti, yillik biznes-rejasining bajarilishi bo‘yicha hisoboti hamda jamiyatning rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash.
- Jamiyat xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan 2020 yil uchun moliyaviy hisobotni hamda xalqaro audit standartlariga muvofiq 2020 yil uchun o‘tkazilgan audit tekshirish natijalarini ko‘rib
- Jamiyatda 2020 yil yakunlari bo’yicha korporativ boshqaruv tizimi hamda davlat ishtiroki bilan korxonalar uchun korporativ boshqaruv qoyidalari tavsiyalariga rioya etish yuzasidan baholash natijalarini ko’rib chiqish.
- Jamiyatning 2020 yil yakunlari bo‘yicha sof foydasini taqsimlash.
- Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.
- Jamiyat Taftish komissiya a’zolarini saylash.
- Jamiyat aksiyadorlar (ularning qonuniy huquqiy vorislari yoxud merosxo’rlari) tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividendlarini jamiyat foydasiga olish.
Joylashgan yeri (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, 100182, Toshkent shahri, Bektemir tumani, X.Bayqaro ko‘chasi, 91-uy.
Elektron pochta manzili: bekspirt@mail.ru.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish joyi: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy shoh ko‘chasi, 9-uy.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish sana, vaqti va joyi: 30.06.2021 y., 15:00 dan 16:00 gacha, Toshkent shahri,Shayxontohur tumani, A.Navoyi shoh ko‘chasi, 9-uy.
Boshqa ma’lumotlar:
Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida qatnashish uchun aksiyadorlar reestri 2020 yil 24 iyun holatiga ko‘ra shakllantiriladi.
Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat, vakillari esa ishonchnoma (jismoniy shaxslar uchun – notarial tartibda tasdiqlangan) bilan kelishlari shart.
Aksiyadorlarning yillik navbatdagi Umumiy yig‘ilishi bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi, 100182, Toshkent shahri, Bektemir tumani, X.Bayqaro ko‘chasi, 91-uy. Telefon: (371) 295-01-41.