BEKTEMIR-SPIRT EKSPERIMENTAL ZAVODI

CHET EL INVESTITSIYASI ISHTIROKIDAGI
"BEKTEMIR-SPIRT EKSPERIMENTAL ZAVODI" AKSIYADORLIK JAMIYATI

JAMIYAT HAQIDA

Jamiyat to’liq nomi

Chet el investisiya ishtirokidagi “BEKTEMIR-SPIRT EKSPERIMENTAL ZAVODI” Aksiyadorlik jamiyati

Jamiyat joylashgan yeri

O’zbekiston Respublikasi,100182, Toshkent shahri, Bektemir tumani, H.Boyqaro ko’chasi, 91-uy

Jamiyat tarixi

2007 yil 29 iyun – “BEKTEMIR-SPIRT EKSPERIMENTAL ZAVODI” ochiq aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 dekabrdagi 581-f-sonli Farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasining 2007 yil 24 iyuldagi 23 k-PO-son buyrug‘i  va aksiyadorlik jamiyati ta’sischilarining 2007 yil 26 iyundagi ta’sis yig‘ilishining qarori asosida tashkil etildi.

2015 yil 30 aprel – korxona “BEKTEMIR-SPIRT EKSPERIMENTAL ZAVODI” chet el investitsiyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Jamiyat faoliyatining maqsadi va sohasi (asosiy yo’nalishlari)

Jamiyatning asosiy maqsadi umumho’jalik faoliyatidan foyda olish hisoblanadi.

Jamiyat faoliyatining sohasi (asosiy yo’nalishlari) oziq-ovqat etil spirtini ishlab chiqarish va sotish hisoblanadi.

Ustav

Jamiyat Ustav fondi 21 000 000 000 so’mni tashkil qiladi hamda nominal qiymati 500 so’m bo’lgan 42 000 000 dona oddiy aksiyadorlar olgan aksiyalarga (joylashtirilgan aksiyalar)  bo’lingan.

Tashkiliy tuzilmasi

Jamiyat yuqori boshqaruv organi – jamiyat aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi.

Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish boshqaruv organi (qoninchilik va Jamiyat Ustavi bilan aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni xal etish bundan ) – jamiyat Kuzatuv kengashi.

Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish boshqaruv organi – kollegial ijroyiya organi, Boshqaruv.

Jamiyatning faoliyatini nazorat qiluvchi organlari – jamiyat Taftish komissiyasi, Ichki audit xizmati va Korporativ maslahatchisi.