ChEII «BEKTEMIR-SPIRT EKSPERIMENTAL ZAVODI» АJ (bundan buyon matnda – jamiyat deb yuritiladi) aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish boʼyicha komissiya majlisining 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan korporativ boshqaruv kodeksining (keyingi oʼrinlarda Kodeks deb yuritiladi) tavsiyalariga ixtiyoriy ravishda amal qilib, biznesni halol va oshkora saqlashga boʼlgan sadoqatini namoyish etadi.
Kodeksning 11-bandiga binoan, Kodeksning alohida tavsiyalariga rioya qilish imkoni boʼlmasa, jamiyat «COMPLY OR EXPLAIN» («Rioya et yoki tushuntir») xalqaro tamoyiliga muvofiq uning sabablarini batafsil bayon qiladi.
Kodeksining tavsiyalari | Tushuntirish |
Kodeks 15-bandining 4-xatboshi: aktsiyadorlar umumiy yigʼilishining qaroriga binoan mustaqil professional maslahat tashkilotlarini jalb etgan holda, biznes-jarayonlar va loyihalarning АJni rivojlantirish maqsadlariga muvofiqligini yillik tahlil qiladi. | Mustaqil professional maslahat tashkilotlarini biznes jarayonlari va loyihalarning rivojlanish maqsadlariga muvofiqligini har yili tahlil qilish uchun jalb qilish masalasi batafsil oʼrganishni talab qiladi. |
Kodeks 20-bandining 15-xatboshi: ijroiya organi, kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi aʼzolari, shuningdek auditorlik tashkiloti vakilining aksiyadorlarning yillik umumiy yigʼilishida ishtirok etishini taʼminlaydi. | Jamiyat imkoni boricha aktsiyadorlarning yillik umumiy yigʼilishida ijroiya organi, kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi aʼzolarining, shuningdek auditorlik tashkiloti vakilining ishtirokini taʼminlash choralarini koʼradi. |
Кодекс 25-бандининг 5-хатбоши: АЖ кузатув кенгаши ҳузурида тегишли масалалар бўйича қўмиталар (ишчи гуруҳлар) ташкил этади, шу жумладан, кузатув кенгаши аъзолари, ижроия органи, АЖ ходимлари ва жалб этилган экспертлар (тегишли соҳа мутахассислари, тегишли олий ўқув юртлари профессор-ўқитувчилари ва бошқалар) орасидан низоли вазиятларни аниқлаш ва ҳал қилиш. | Kodeks 25-bandining 5-xatboshi: АJ kuzatuv kengashi huzurida tegishli masalalar boʼyicha qoʼmitalar (ishchi guruhlar) tashkil etadi, shu jumladan, kuzatuv kengashi aʼzolari, ijroiya organi, АJ xodimlari va jalb etilgan ekspertlar (tegishli soha mutaxassislari, tegishli oliy oʼquv yurtlari professor-oʼqituvchilari va boshqalar) orasidan nizoli vaziyatlarni aniqlash va hal qilish.. |
Kodeks 25-bandining 11- xatboshi: АJning biznes tavakkalchiliklarini va ijro etuvchi organning masʼuliyatini sugʼurtalaydi. | Sugʼurta kompaniyalari xizmatlari orasida biznes tavakkalchiligini sugʼurtalash va ijro etuvchi javobgarligi yoʼq. Kelajakda bunday sugʼurta turlarini taqdim etishda jamiyat tegishli sugʼurta boʼyicha choralar koʼradi. |
Kodeks 29-bandining 3-xatboshi: АJning amaldagi tashkiliy tuzilmasining qonun hujjatlarida tasdiqlangan namunaviy tuzilmaga muvofiqligini muntazam baholash tashkil etiladi. | Jamiyat kelgusida qonun hujjatlarida tasdiqlangan jamiyatning amaldagi tashkiliy tuzilmasiga muvofiqlikni muntazam baholashni tashkil etish choralarini koʼradi. |
Boshqa rioya etilmagan tavsiyalari | Аgar kelajakda tavsiyalarga rioya qilish imkoniyati mavjud boʼlsa, jamiyat ularga rioya qilish uchun choralar koʼradi. |