ASOSIY MAHSULOT
Rektifikatlangan etil spirti (ozuqaviy etil spirti)
Tozalaganlik darajasiga qarab rektifikatlangan etil spirti quyidagi navlarda ishlab chivariladi:
“Alfa”, “Lyuks” va “Yuqori tozalangan“.
Etil spirti 1,2,3,4 o‘zgartirishlari bilan GOST 5962-67 talablariga javob beradi. Ushbu standart GOST 9353-90 bug‘doy donidan ishlab chiqarilgan xom etil spirti rektifikatsiyasi natijasida olingan etil spirtiga taaluqlidir. Etil spirti o‘ziga xos hidga va yonib ketadigan ta’mga ega, juda gigroskopik, havo, o‘simlik va hayvonlarning to‘qimlaridan suvni intensiv ravishda o‘zlashtiradi. Suv, efir, gliserin, benzin va boshqa organik erituvchilar bilan har qanday nisbatda aralashtiriladi.
Etil spirti oziq-ovqat sanoatida alkogol ichimliklar, sharob vinolari tayyorlashda, mis oksidlaridan qaytaruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari, etil spirti bo‘yoq va lak, teri, elektron, kimyoviy, tibbiy, parfyumeriya, farmosevtika va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi.
ASOSIY MAHSULOT NARXLARI
ASOSIY MAHSULOTNING OLDI-SOTDI SHARTNOMASI LOYIHASI
96 foiz rektifikatlangan etil spirti oldi-sotdi shartnomasi loyihasi. Ko’rish
BOSHQA MAHSULOT
Etil spirtning bosh fraksiyasi (EAF) EAF alkogol sanoatining qo‘shimcha mahsuloti bo‘lib, oziq-ovqat xom ashyosidan rektifikatlangan etil spirti ishlab chiqarish jarayonida olinadi va TSh 18-81-2012 talablariga javob beradi. EAF texnik extiyojlar va etil texnik rektifikatlangan spirt ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Sivuxa moylari
Sivuxa moylari etil spirti rektifikatsiyasining qo‘shimcha mahsuloti bo‘lib, GOST 17071-91 bo‘yicha ishlab chiqariladi va amil, izobutil, N-propil va etil spirt aralashmasidan iborat. Bundan tashqari, sivuxa moylari tarkibida suv va oz miqdordagi boshqa organik birikmalar mavjud.
Sivuxa moylari oziq-ovqat, farmasevtika, parfyumeriya, bo‘yoq va lak va boshqa sohalarda ishlatiladigan sanoat spirtlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Barda
Barda etil spirtining chiqindi mahsuloti – donning hidi bilan och jigar rangning suspenziyasi hisoblanadi. Barda aholi, fermerlar tomonidan chorva mollarini boqish uchun foydalaniladi.