BEKTEMIR-SPIRT EKSPERIMENTAL ZAVODI

CHET EL INVESTITSIYASI ISHTIROKIDAGI
"BEKTEMIR-SPIRT EKSPERIMENTAL ZAVODI" AKSIYADORLIK JAMIYATI

CHEII “BEKTEMIR-SPIRT EKSPERIMENTAL ZAVODI” АJ aksiyadorlari diqqatiga!

CHEII “BEKTEMIR-SPIRT EKSPERIMENTAL ZAVODI” АJ Kuzatuv kengashining 2023 yil 26 apreldagi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi 2023 yil 19 may kuni soat 16-00 da o‘tkazilishi haqida ma’lum qiladi.

KUN TARTIBI:

  1. Jamiyatning 2022 yilgi moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

Joylashgan yeri (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, 100182, Toshkent shahri, Bektemir tumani, X.Bayqaro ko‘chasi, 91-uy.
Elektron pochta manzili: bekspirt@mail.ru.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish joyi: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy shoh ko‘chasi, 9-uy.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish sana, vaqti va joyi: 19.05.2023 y., 15:00 dan 16:00 gacha, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoyi shoh ko‘chasi, 9-uy. 
Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida ishtirok etish va ovoz berish tartibi:
Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi aksiyador tomonidan shaxsan yoki uning vakili orqali amalga oshiriladi.
Aksiyador aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishidagi o‘z vakilini istalgan vaqtda almashtirishga yoki yig‘ilishda shaxsan o‘zi ishtirok etishga haqlidir.
Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyador shaxsini tasdiqlovchi xujjatni, vakil esa shaxsini tasdiqlovchi xujjat va qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etish lozim.
Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida ovoz berish «jamiyatning ovoz beruvchi bitta aksiyasi — bitta ovoz” prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshiriladi.
Boshqa ma’lumotlar:
Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida qatnashish uchun aksiyadorlar reestri 2023 yil 15 may holatiga ko‘ra shakllantiriladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi, 100182, Toshkent shahri, Bektemir tumani, X.Bayqaro ko‘chasi, 91-uy. Telefon: (371) 295-01-41.