BEKTEMIR-SPIRT EKSPERIMENTAL ZAVODI

CHET EL INVESTITSIYASI ISHTIROKIDAGI
"BEKTEMIR-SPIRT EKSPERIMENTAL ZAVODI" AKSIYADORLIK JAMIYATI

CHEII “BEKTEMIR-SPIRT EKSPERIMENTAL ZAVODI” АJ aksiyadorlari diqqatiga!

CHEII “BEKTEMIR-SPIRT EKSPERIMENTAL ZAVODI” АJ Kuzatuv kengashining 2023 yil 31 maydagi qaroriga asosan aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishi 2023 yil 26 iyun kuni soat 16-00 da o‘tkazilishi haqida ma’lum qiladi.

KUN TARTIBI:

  1. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2022 yilda amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
  2. Jamiyatning 2022 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti, yillik biznes-rejasining bajarilishi bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
  3. Jamiyat xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan 2022 yil uchun moliyaviy hisobotni hamda xalqaro audit standartlariga muvofiq 2022 yil uchun o‘tkazilgan audit tekshirish natijalarini ko‘rib
  4. Jamiyatda 2022 yil yakunlari bo’yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko’rib chiqish.
  5. Jamiyatning 2022 yil yakunlari bo‘yicha sof foydasini taqsimlash.
  6. Jamiyat aksiyadorlar (ularning qonuniy huquqiy vorislari yoxud merosxo’rlari) tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividendlarini jamiyat ihtiyorida qoldirish.
  7. Jamiyatning 2023 yilgi moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
  8. Jamiyat Sanoq komissiyasining a’zolari soni va shxsiy tarkibini nomuayan muddatga tasdiqlash.

Joylashgan yeri (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, 100182, Toshkent shahri, Bektemir tumani, X.Bayqaro ko‘chasi, 91-uy.
Elektron pochta manzili: bekspirt@mail.ru.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish joyi: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy shoh ko‘chasi, 9-uy.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish sana, vaqti va joyi: 26.06.2023 y., 15:00 dan 16:00 gacha, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoyi shoh ko‘chasi, 9-uy.
Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida ishtirok etish va ovoz berish tartibi:
Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi aksiyador tomonidan shaxsan yoki uning vakili orqali amalga oshiriladi.
Aksiyador aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishidagi o‘z vakilini istalgan vaqtda almashtirishga yoki yig‘ilishda shaxsan o‘zi ishtirok etishga haqlidir.
Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyador shaxsini tasdiqlovchi xujjatni, vakil esa shaxsini tasdiqlovchi xujjat va qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etish lozim.
Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida ovoz berish «jamiyatning ovoz beruvchi bitta aksiyasi — bitta ovoz” prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshiriladi.
Boshqa ma’lumotlar:
Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida qatnashish uchun aksiyadorlar reestri 2023 yil 20 iyun holatiga ko‘ra shakllantiriladi.
Aksiyadorlarning yillik navbatdagi Umumiy yig‘ilishi bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi, 100182, Toshkent shahri, Bektemir tumani, X.Bayqaro ko‘chasi, 91-uy. Telefon: (371) 295-01-41.